Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Ayrim fermerlar ishchi kuchi yetishmayotgani tufayli talaba va o‘quvchilarni jalb etishni boshlagan.

Foto: Reuters
Rossiyalik fermerlar dala maydonlarida ishchi kuchi tanqisligi kuchayib borayotganidan xavotir bildirmoqda. Rossiya bog‘bonlari assotsiatsiyasi prezidenti Igor Muxaninning so‘zlariga ko‘ra, kardlar bilan bog‘liq inqiroz bir vaqtning o‘zida bir nechta mintaqani qamrab olgan va bevosita hosilga tahdid uyg‘otmoqda. U migratsiya talablari kuchaytirilgani, xususan, rus tili bo‘yicha majburiy imtihon joriy etilganini ishchi kuchi yetishmasligining asosiy sababi sifatida ko‘rsatdi. «Unga [migrantga] olma terish uchun rus tili nega kerak? Brigadir rus tilini biladi va bu yetarli», — deydi Muxanin.
Bog‘bonlar assotsiatsiyasi prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda Krasnodar o‘lkasida mintaqa rasmiylari tomonidan mavsumiy ishlarga migrantlarni jalb etishga qo‘yilgan taqiq tufayli minglab tonna olma va rezavorlar mevalar yo‘qotilgan — hosilni yig‘ishga shunchaki vaqt yetmagan. 2025 yilda vaziyat yaxshilanmagan, ishchi kuchi yetishmasligi yana yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Tambov oblastida hosil mo‘l bo‘lgani bois fermerlar ularni yig‘ib olishga ulgurmayapti. «Hozir yertut, xo‘jag‘at terilishi kerak, tez orada olcha boshlanadi, ammo tonnalab mahsulot yo‘q bo‘ladi. Odamlar yo‘q», — deydi Muxanin.
Muxaninning aytishicha, kadrlar tanqisligi sabzavotchilikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda: yomg‘irli mavsumda sabzavotlarni tezda yig‘ish va saralash talab etiladi, biroq odamlar yetishmasligi sababli hosilning bir qismi shunchaki chiriydi, natijada do‘konlarda narxlar oshadi.
Ayrim fermerlar ishchi kuchi yetishmayotgani tufayli talaba va o‘quvchilarni jalb etishni boshlagan. «Malino» davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Tatyana Gubinaning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv muassasalari o‘z jadvallarini mavsumiy ishlarga moslab tuzmoqda. Talabalar mexanizator va agronomlarga aylanmoqda, maktab o‘quvchlari esa ekish va saqlash joylarida mehnat qilyapti. Ta’kidlanishicha, ammo bu ham muammoni to‘liq hal etmaydi.
Mavzuga oid

07:52
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi

19:01 / 10.07.2025
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

18:24 / 10.07.2025
Avstraliya 2014 yilda urib tushirilgan MH17 samolyoti uchun Rossiyadan tovon talab qildi

18:20 / 10.07.2025