O‘zbekiston | 16:38 / 11.07.2025
2218
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

11-13 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida 11 iyul kuni kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Bugun kunduzi yoz faslining o‘rtasi uchun nisbatan qulay bo‘lgan havo harorati saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida termometr ustuni +32...+35 darajadan, janubda +36...+39 darajadan ko‘tarilmaydi. Eng salqin hudud Farg‘ona vodiysi bo‘lib, bunda harorat +28...+31 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi harorat +35...+38 darajani tashkil eadi.

Harorat asosan kechalari +18...+23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylarida 1113 iyul kunlari shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi.

Harorat asosan kechalari +20...+23 daraja, kunduz kunlari 11 iyulda +33...+35 daraja, 1213 iyulda +35...+38 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid