O‘zbekiston | 13:57
3432
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

O‘zbekistonda ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metalli eksport qilindi.

Reniy metalli eksporti O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) va Estoniyaning VLCor Baltic OU kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshirildi. Bu O‘zbekistonda reniy metalli eksportining amaldagi boshlanishidir.

Reniy – murakkab texnologiyalar, aerokosmik sohalar va yuqori haroratli superqotishmalar ishlab chiqarishda jahonda tan olingan strategik metall hisoblanadi.

TMK tomonidan 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan eksport hajmi 21,3 million AQSh dollari (o‘sish 118 foiz)ni tashkil etdi.

Mavzuga oid