Jahon | 16:18
1965
1 daqiqa o‘qiladi

Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi

Pol Biyya 1982 yildan beri mamlakatga prezidentlik qiladi.

Foto: Jemal Countes

Kamerun prezidenti Pol Biyya saylovda ishtirok etishini e’lon qildi. X ijtimoiy tarmog‘idagi postida u vatanga xizmat qilishni davom ettirishga tayyorligini ta’kidlab, mamlakat oldida turgan muammolar jiddiyligini qayd etdi.

Biyya 1982 yildan beri prezidentlik qiladi. U 92 yoshda va uning prezidentlik davri dunyodagi eng uzoq muddatlardan biri.

Kamerunda prezidentlik saylovi 2025 yil 12 oktyabrga belgilangan va bir turda o‘tkaziladi. Oddiy ko‘pchilik ovozni olgan nomzod g‘olib hisoblanadi. Prezidentlik vakolati yetti yil.

2008 yilda Biyya prezidentlik muddatini cheklashni bekor qildi, bu esa unga istalgan muddatga o‘z nomzodini qo‘yish imkonini berdi. U 2018 yilgi oxirgi saylovda muxolifatning ko‘plab qonunbuzarliklar haqidagi da’volariga qaramay, 71,28 foiz ovoz olgan holda g‘alaba qozongan edi.

 

Mavzuga oid