Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
Loyiha kiritish bosqichi 3 avgustgacha davom etadi. Ovoz berish bosqichi esa 22 iyuldan boshlanadi va ikkinchi mavsum g‘oliblari 1 sentabrda e’lon qilinadi.

Foto: Kun.uz
Bugun, 15 iyuldan «Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2025 yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Jarayonlar quyidagi sanalarda:
- Loyiha kiritish bosqichi — 15 iyul – 3 avgust;
- Saralash bosqichi — 4–18 avgust;
- Targ‘ibot bosqichi — 19–21 avgust;
- Ovoz berish bosqichi — 22–31 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.
Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab 823 ta mahalla, jumladan, ularda joylashgan muassasalarga «Tashabbusli budjet»ning 15 iyuldan boshlanadigan 2-mavsumi, shuningdek, kelasi yil 1-mavsumida qatnashishga tanaffus berilishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

22:42 / 14.07.2025
«Tashabbusli budjet»da 823 ta mahallaga tanaffus berildi

09:59 / 04.07.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanadi

20:37 / 08.04.2025
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi

08:52 / 04.04.2025