Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Putin urushni davom ettirish niyatida
Rossiya yetakchisi AQSh prezidenti Donald Trampning Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorligi haqidagi bayonotini inobatga olmaydi, deb hisoblaydi Reuters agentligining rossiyalik manbalari.

Foto: Mikhail Metzel/Sputnik Kremlin/AP/dpa/picture alliance
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb tinchlik o‘rnatish uchun qo‘ygan shartlarni inobatga olgan holda Moskva bilan o‘zaro munosabatlarni boshlamaguncha Ukrainadagi urushni to‘xtatmoqchi emas. Bu haqda 15 iyul, seshanba kuni Kremlga yaqin uch manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Shu bilan birga, Rossiya rahbari AQSh prezidenti Donald Trampning Moskvaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorligi haqidagi bayonotini inobatga olmaydi. Qolaversa, rus qo‘shinlari oldinga siljishi bilan Putinning hududiy talablari kengayishi mumkin.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Vladimir Putin Rossiya iqtisodiyoti va qurolli kuchlari G‘arbning keyingi cheklovchi choralariga dosh bera oladigan darajada kuchli, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Rossiya kelgusidagi iqtisodiy qiyinchiliklarni, jumladan, Vashington tomonidan rus nefti xaridorlariga bojlar joriy etishi mumkin bo‘lgan vaziyatni yengib o‘tishga qodir, deya ta’kidlaydi agentlik manbalari. «Putinning fikricha, hech kim, jumladan, amerikaliklar ham u bilan Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish tafsilotlarini jiddiy muhokama qilmagan, shu bois u o‘zi xohlagan narsaga erishmaguncha muzokaralarni davom ettirishga bel bog‘lagan», — dedi Reuters manbalaridan biri.
Agentlikning eslatishicha, Putin NATOni sharqda kengaytirmaslik, Ukrainaning betarafligi, rusiyzabon aholi huquqlarini himoya qilish va Ukrainaning anneksiya qilingan besh viloyatini Rossiya tarkibiga kirgizish bo‘yicha qonuniy majburiyatlarni talab qiladi. Shu bilan birga, «u Ukraina xavfsizligi kafolatlarini muhokama qilishga tayyor», deb yozadi Reuters.
14 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvdan bosh tortganidan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi. U Rossiyaga Ukraina bo‘yicha bitim tuzish uchun 50 kun muhlat berayotgani haqida ogohlantirdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar tinchlik kelishuviga erishilmasa, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan 100 foiz darajasida ikkilamchi tariflarni joriy qiladi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari tez orada Yevropa davlatlari bilan birgalikda Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari, jumladan Patriot qurilmalari, ko‘p sonli qurol-yarog‘ va boshqa harbiy texnika taqdim etishga va’da berdi.
Mavzuga oid

18:35
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

16:31
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi

12:04
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

11:27