Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Trampning Rossiya hamkorlariga bojlar joriy etish rejasiga qarshi chiqdi
Xitoy Donald Trampning Ukrainadagi urush 50 kun ichida yakunlanmasa, Rossiyaning savdo hamkorlariga bojlar joriy etish g‘oyasini tanqid qildi.

Foto: Ichiro Ohara/Yomiuri Shimbun/AP Photo/picture alliance
Xitoy AQSh prezidenti Donald Trampning Kreml 50 kun ichida Ukrainadagi urushni to‘xtatmasa, Rossiyaning savdo hamkorlari tovarlariga boj joriy etish haqidagi taklifiga qarshi chiqdi. «Xitoy barcha noqonuniy bir tomonlama sanksiyalarga qat’iy qarshi. Tariflar urushida g‘oliblar yo‘q, majburlash va bosim muammolarni hal eta olmaydi», — dedi 15 iyul, seshanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Tszyan, deb xabar bermoqda AFP.
Shu bilan birga, jurnalistlar yozishicha, Lin Tszyan Pekinning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozitsiyasi «aniq va izchil» bo‘lgan va shunday bo‘lib qolayotganini qo‘shimcha qildi. «Biz doimo muloqot va muzokaralar Ukraina inqirozining yagona hayotiy yechimi ekanligiga ishonganmiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
AFP ta’kidlashicha, Xitoy Ukrainadagi urush boshlanganiga uch yildan ko‘proq vaqt o‘tib Rossiyaning eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Bruegel tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva va Pekin o‘rtasidagi yillik import va eksport hajmi deyarli 240 milliard dollarni tashkil qiladi. Rossiya umumiy savdo aylanmasining 48 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bruegel bahosiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi, ehtimol, Rossiyaning ikkinchi yirik savdo sherigi. Mutaxassislarning fikricha, Moskva va Bryussel o‘rtasidagi savdo hajmi Rossiya umumiy savdo aylanmasining 14 foizini (71 milliard dollar) tashkil qilishi mumkin. Hindiston Rossiyaning hamkorlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinda, deb xabar bermoqda AFP, savdo hajmi 68 milliard dollar. Turkiya esa to‘rtinchi o‘rinda.
Mavzuga oid

16:31
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Termizda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulotlarni boshladi

12:04
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

11:27
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

11:20