O‘zbekiston | 07:40
569
4 daqiqa o‘qiladi

Kimyoviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi

"Kimyoviy xavfsizlik to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Foto: Aleksandr Mamayev/URA.RU

Qonun inson hayoti va sog‘lig‘ini zararli ta’sirdan, kimyoviy moddalar bilan ishlashdan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va davlat hisobiga olingan kimyoviy moddalardan iqtisodiyot, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa sohalarda foydalanishdan himoya qilish, maishiy kimyo va boshqa kimyoviy mahsulotlar sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, kimyoviy ishlar amalga oshirilishi bilan bog‘liq davlat manfaatlarini ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi

Kimyoviy xavfsizlikni ta’minlash quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • xavfli kimyoviy omillarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirini bartaraf etish yoki maksimal darajada kamaytirish uchun kimyoviy xavfning maqbul darajasini ta’minlash;
  • kimyoviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha profilaktika choralarining ustuvorligi;
  • kimyoviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat tomonidan tartibga soluvchi chora-tadbirlarning mavjud kimyoviy tahdidlarga (xavflarga) muvofiqligi, shuningdek kimyoviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga tizimli yondashuv;
  • mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni cheklash bilan bog‘liq xavflarni zararsizlantirishga qaratilgan texnologiyalarni ustuvor rivojlantirish.

Vazirlar Mahkamasi:

  • kimyoviy xavfsizlik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • kimyoviy xavfsizlik sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kimyoviy xavfsizlik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
  • aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq kimyoviy tahdidlar (xavflar) bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kimyoviy mahsulotlar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
  • Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi:

  • kimyoviy xavfsizlikni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • kimyoviy xavfsizlik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • kimyoviy xavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • xavfli ishlab chiqarish obekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratadi, shuningdek, ro‘yxatga olingan xavfli ishlab chiqarish obektlari va ushbu obektlardan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risida tizimli axborotni to‘playdi va tahlil qiladi;
  • Kimyoviy qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash hamda uni yo‘q qilish haqidagi 1993 yilgi Konvensiyaning bajarilishini ta’minlaydi;
  • kimyoviy xavfsizlikni ta’minlashni bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa muassasalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Mavzuga oid