O‘zbekiston | 11:58
2005
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodda Cobalt, BYD va Mercedes-Benz to‘qnashdi

Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berildi.

Joriy yilning 17 iyul kuni soat 21:20 larda Yunusobod tumani Alisher Navoiy-Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Cobalt, BYD, Mercedes-Benz rusumli transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid