O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
1217
4 daqiqa o‘qiladi

Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 21 iyulga o‘tar kechasi vodorod peroksidi zaharli gazsimon moddasining havoga sizib chiqishi kuzatildi. Oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul kvotalari tasdiqlandi. Toshkent shahrining har bir tumanida ko‘chatxona tashkil qilinadi. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Toshkentning Olmazor tumanida havoga zaharli modda sizib chiqdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 21 iyulga o‘tar kechasi vodorod peroksidi zaharli gazsimon moddasining havoga sizib chiqishi kuzatildi. Oqibatda atmosfera havosining ifloslanishi «o‘ta xavfli» darajaga chiqdi. Vodorod peroksidi — kuchli oksidlovchi xususiyatga ega bo‘lgan kimyoviy birikma bo‘lib, yuqori konsentratsiyada inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

FVV xabariga ko‘ra, Olmazor tumanida joylashgan omborxonadan vodorod peroksidi moddasi havoga sizib chiqqan. Bu modda havoda boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishib, zaharli gazsimon tuman shakllantirgan.

Zaharli moddalarning havoga sizib chiqishi faqat Toshkentda emas, Navoiy shahrida ham kuzatilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi

Keyingi 4 yillik o‘quv davri uchun yo‘nalishlar kesimida oliygohlarga davlat buyurtmasi parametrlari belgilandi. Unga ko‘ra, 2025-2026 yillar uchun bakalavriatga 35 500 nafar, magistraturaga esa 9 922 nafar o‘rin ajratilgan. Qabul kvotalari faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi.

Ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda. Jarayon 24 iyulgacha davom etadi.

Toshkentning har bir tumanida ko‘chatxona tashkil qilinadi

Toshkent shahar hokimi farmoyishiga ko‘ra, obodonlashtirish boshqarmalariga qarashli hududlardan 100 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan joy ko‘chatxona uchun ajratiladi. Tuman hokimlari bir oy ichida buta ko‘chatlarining urug‘ va qalamchalaridan yetishtirib, ko‘chatxona tashkil etadi. Buning uchun budjetdan mablag‘ ajratiladi. Farmoyishga ilova qilingan hujjatga ko‘ra, joylarda 600 mingga yaqin har xil turdagi buta ekiladi. Ularning qalamchalarini parvarishlash, qo‘riqlash va agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, ekilgan daraxt hamda butalarning organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilishi, daraxt hamda butalarning kasallanishi va zararkunandalarga qarshi kurashish choralari ko‘rilishi belgilangan.

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 5,5 milliondan oshdi

Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2025 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan aholining 58 foizi erkaklar, 42 foizi esa ayollardir. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslansa, 56 foizga ko‘paygan.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p maishiy xizmatda o‘zini o‘zi band qilgan. Qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishda band bo‘lganlar soni esa o‘tgan yilgidan 64-66 foizga ko‘p.

Akademik litseylarga kirish test sinovlari sanasi va vaqti aniq bo‘ldi

Kirish test sinovlari 2025 yil 24 iyul kuni respublikaning barcha hududida, 25 iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Mavzuga oid