Jahon | 13:05 / 21.07.2025
7018
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yana Kiyevni raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi – fotosuratlar

Ko‘p qavatli uylardan birida kvartira vayron bo‘lgan. Odamlar yashiringan metro ham zarba ostida qolgan.

RF qurolli kuchlari 21 iyulga o‘tar kechasi raketa va dronlar qo‘llagan holda Kiyev bo‘ylab navbatdagi yopirilma hujumni amalga oshirdi. Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yetti kishi yaralangan. Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolik infratuzilmasi obektlari hamda turar joy kvartallari zarba ostida qolgan. Eng ko‘p Darnitskiy rayoni jabrlangan, bu yerda bolalar bog‘chasi, supermarket, omborlar va boshqa noturar joy binolarida yong‘inlar chiqqan.

Shevchenkovo rayonida ko‘p kvartirali turar joy, shuningdek, «Lukyanovskaya» metro stansiyasi jabrlangan. Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari ma’lum qilishicha, rossiyalik harbiylar Ukrainaga tun davomida 426 ta uchuvchisiz uchar qurilma (zarbdor dronlardan tashqari imitatorlar ham), shuningdek turli tipdagi 24 ta raketadan foydalangan holda hujum uyushtirgan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari «Shaheed» rusumli 200 ta dronni urib tushirgan va «raketalarning ko‘pchiligini mo‘ljaldan og‘dirgan», 203 ta imitator dron nishongacha yetib bormagan, deyiladi Ukraina qurolli kuchlari bayonotida. Quyidagi suratlarda Rossiyaning Kiyev bo‘ylab zarbasi oqibatlari keltiriladi.

Kiyev, 2025 yil 21 iyul
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Kiyevning Shevchenkovo rayonida Rossiya zarbasi oqibatida chiqqan yong‘inni o‘chirishga kelgan qutqaruvchilar
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda yashovchi kishi ko‘p qavatli uyga zarba oqibatida shikastlangan kvartirasida
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev aholisi vakillari Rossiya zarbasi vaqtida yerosti garajida yashirinmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Hujum oqibatida «Lukyanovskaya» metro bekatiga kirish qismi zararlangan
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Zarba oqibatida vayron bo‘lgan avtobus bekati
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
RF harbiylarining havo hujumlari vaqtida Kiyev aholisi metroga tushib yashirindi
Kantorowicz Torres / SIPA / Scanpix / LETA
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Dron parchalari oldida turgan kiyevliklar
Kantorowicz Torres / SIPA / Scanpix / LETA
Kantorowicz Torres / SIPA / Scanpix / LETA
Rossiya hujumi vaqtida Kiyev ustida portlayotgan dron
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid