Jahon | 07:36
613
2 daqiqa o‘qiladi

Bundestag doimiy kiberhujumlar haqida ma’lum qildi

Bundestag doimiy ravishda kiberhujumlarga duchor bo‘lyapti va hakerlardan yaxshiroq himoyaga muhtoj, dedi parlament raisi Yuliya Klyokner.

Foto: DPA

Bundestag doimiy ravishda kiberhujumlarga duchor bo‘lyapti va hakerlardan yaxshiroq himoyaga muhtoj. Bu haqda Germaniya parlamenti raisi Yuliya Klyokner dpa agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi. «Biz ko‘plab hakerlik hujumlarini qayd etmoqdamiz – Bundestag ommabop nishon», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Xristian-demokrat Klyokner parlament hakerlarga qarshi kurashish qobiliyatini oshirishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Iyun oyi boshida Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt va Federal jinoiy idora rahbari Xolger Myunx 2024 yilda Germaniyada 131 391 kiberjinoyat qayd etilganini, bu o‘tgan yilga nisbatan 2,2 foizga kam ekanini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Germaniya huquq-tartibot idoralari Germaniyaga xorijdan yoki noma’lum joydan 201 877 ta kiberjinoyat hujumlarini qayd etgan, bu 2023 yilga nisbatan 6 foizga ko‘p.

Ayni paytda, davlat idoralari va boshqa tashkilotlarning ishini tarmoqlarni ataylab haddan tashqari yuklash orqali bloklovchi DDoS hujumlar soni 30,7 foizga oshgan. Germaniyada bunday jinoyatlarning katta qismi Rossiyada qayd etilgan, deyiladi xabarda. Dobrindt Germaniyadagi «rusparast» hujumchilar faolligini Berlin Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani bilan izohladi.

Mavzuga oid