Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahar bedarvoza emas: Toshkent piyodalar va haydovchilar uchun qulay bo‘lib bormoqda
Toshkentda avtoturargohlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bugungi kunda ushbu turdagi turargohlar shaharning 25 ta markaziy ko‘chasida ishlamoqda. Poytaxt Parking loyihasi faqat transport harakatini tashkil etish emas, balki toza, zamonaviy va qulay shahar sari qadamdir.

Foto: Poytaxt Parking
Har kuni fuqarolar piyodalar yo‘lagi, yashil hududlar va xonadonlar yonidagi joylar mashinalar bilan to‘lib ketganiga guvoh bo‘lishmoqda. Ayrim haydovchilar o‘z mashinalarini xuddi o‘zining shaxsiy garajida qoldirganday shahar markazida butun kun davomida qoldirishadi. Natijada, 10–15 daqiqalik ish bilan kelganlar uchun joy qolmaydi.
Tizimning maqsadi — shahardagi tartibsizlikni bartaraf etish, piyodalar yo‘laklarini qaytarish, yashil hududlarni mashinalardan ozod etish va avtoturargoh joylarini adolatli taqsimlashdir. Shahar markazi mashinalar omborxonasi emas — u barcha uchun qulay va ochiq bo‘lishi kerak.
Nega bu muhim?
- Shaharni avtoturargohga aylantirmaslik uchun har bir haydovchi qancha vaqt umumiy hududdan foydalanayotganini o‘ylashi lozim.
- Ish joylari, do‘konlar va muassasalar butun kunga tashlab ketilgan mashinalar tomonidan to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
- Piyodalar, bolalar va bolali ota-onalar yo‘laklarda bemalol yurishi kerak, yo‘lning o‘rtasidan emas.
- Keyingi surat (Yakub Kolas ko‘chasi)
- Shahar zamonaviy va namunaviy urbanistika me’yorlariga javob berishini istaymiz.
Shahar markazida yashovchilar-chi? Ular uchun — rezidentlik ruxsatnomalari
Pulli avtoturargoh hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar aholisi uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi. Bu — o‘z uyi yonida soatbay to‘lovsiz turargohdan foydalanish huquqidir.
Bu qanday ishlaydi:
- Rezident mobil ilovada yoki maxsus punkt orqali ro‘yxatdan o‘tadi;
- Turg‘unligini va avtomashinaga egaligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi;
- Shu orqali belgilangan vaqtlarda uyi yaqinidagi avtoturargohdan bemalol foydalanadi.
Ushbu mexanizm turg‘unlarni do‘kon, ofis yoki restoranga kelgan mehmonlar bilan avtoturargoh uchun raqobatlashishdan himoya qiladi.
Avtoturargohdan tez-tez foydalanasizmi? U holda abonement oling
Shahar markazida ishlaydiganlar yoki har kuni avtoturargohdan foydalanadiganlar uchun oylik abonementlar nazarda tutilgan. Bu — har soatlik to‘lovlar o‘rniga bir marta oylik to‘lov qilib, osoyishta harakat qilish imkoniyati.
Abonement qanday afzalliklar beradi:
- Kunlik to‘lovlarda tejamkorlik;
- Belgilangan hududda cheklovsiz avtoturargohdan foydalanish;
- Qulaylik va erkin harakat imkoni.
Yaqin kunlarda Poytaxt Parking mobil ilovasi orqali rezidentlik ruxsatnomasi va abonement rasmiylashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Har bir fuqaro ishtirokchi bo‘lishi kerak
PoytaxtParking loyihasi ochiq va barcha uchun. Agar ko‘changizda maysa ustida, piyodalar yo‘lagida yoki o‘tishga xalal berayotgan mashinalarni ko‘rsangiz — bu haqda xabar bering. Birgalikda shahrimizni yanada tartibli qila olamiz.
Avtoturargoh hududlari cheklangan. Agar kimdir uni shaxsiy manfaati uchun, boshqalar haqida o‘ylamasdan to‘liq egallab olsa — bu adolatsizlik. Unday haydovchilar bu qulaylik uchun haq to‘lashlari yoki jamoat transportdan foydalanishlari kerak.
Avtoturargoh tizimi — bu pulingiz haqida emas, tartib, hurmat va shahar qiyofasi uchun umumiy mas’uliyat haqidadir.
Batafsil ma’lumot: Telefon: +998 78 113 67 00
Telegramm bot: @poytaxtparking_bot
Pochta: info@poytaxtparking.uz
Reklama huquqi asosida