Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqlimshunos: “Kuzatilayotgan issiq ob-havo aholi uyqusiga salbiy ta’sir qilmoqda”
O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda kuzatilayotgan issiq ob-havo muhiti so‘ralganlarning 70 foizga yaqinining uyqusiga ta’sir qilmoqda.

Foto: Kun.uz
Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning o‘tkazgan so‘rovnomasida 1550 ga yaqin kishi faol qatnashib, so‘nggi kunlarda kuzatilayotgan issiqlik to‘lqinlari ularning uyqu rejimini o‘zgartirayotgani ta’kidlangan.
"To‘g‘ri, so‘rovnoma natijasi ushbu omilining uyqu rejimiga ta’sirini to‘liq shunday ekanini anglatmaydi. Buning uchun chuqur ilmiy tadqiqotlar kerak. Shunda aholi qatlamlari, yosh chegaralari bo‘yicha biz joriy noodatiy davomli issiqlik bizning uyqumizga qay tarzda ta’sir o‘tkazayotganini bilib olamiz", deydi u.
“O‘zgidromet” 23–27 iyul kunlari respublikada harorat biroz pasayishini prognoz qildi. 23 iyul kuni kunduzi havo 38-40 daraja, 24-25 iyulda 37-42 daraja, 26-27 iyul kunlari 33-38 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

10:32 / 21.07.2025
Olmazorda havoning «o‘ta xavfli» zaharlanishi. Vodorod peroksidi qanday modda?

09:50 / 17.07.2025
Jazirama kunlarda qanday tavsiyalarga amal qilish lozim?

10:21 / 16.07.2025
Davomli jazirama kunlar kelyapti

10:53 / 15.07.2025