Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi
Germaniyaning Hamburg universiteti saytida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikka bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

Foto: Freepik
Maqola avvalida yozilishicha, joriy yilning iyun oyida Hamburg universiteti vakillari amaliy safar bilan O‘zbekistonda bo‘ldi va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
"O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Hamburg universitetining pedagogika fakulteti bilan akademik almashinuvlar to‘g‘risida bitim imzolash va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi, – deyilgan nashrda. – Hamkorlik doirasida pedagogika yo‘nalishda tahsil oladigan nemis talabalari uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro akademik almashinuvlar yo‘lga qo‘yiladi".
Nashrda, shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti Hamburg universitetining "O‘qituvchilar tayyorlashda ijtimoiy va madaniy xilma-xillik" (Diversity Contexs in Teacher Education) dasturiga yangi hamkor universitet sifatida qabul qilingani haqidagi ma’lumot o‘quvchilar e’tiboriga taqdim qilingan.
Qayd etilishicha, mazkur dastur pedagogika yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavr bosqichi talabalariga xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida amaliyot o‘tash, boshqa davlatlarning ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish va bo‘lajak o‘qituvchi sifatida xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini beradi.
"2026 yildan boshlab Hamburg universitetining pedagogika yo‘nalishidagi talabalari O‘zbekistondagi hamkor universitetlarda to‘rt-olti hafta davomida amaliyot o‘taydi", – deya urg‘ulangan manbada.
Maqolada, shuningdek, Hamburg universiteti vakillari safar davomida nemis tili chuqur o‘rgatiladigan Toshkent shahridagi 60- va 112-sonli maktablar faoliyati bilan tanishgani xabar qilingan.
Mavzuga oid

14:25 / 25.07.2025
Germaniya Zarafshon daryosi havzasida zamonaviy sug‘orish tizimini joriy etadi

10:16 / 25.07.2025
Mers: koalitsiyada G‘azo sektoridagi urush bo‘yicha kelishmovchilik yo‘q

07:40 / 25.07.2025
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda

14:46 / 24.07.2025