Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Uelsning CAVC English Academy kolleji vakillari Alun Reyes, Tereza Brazerton va Ben Garner bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Unda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qonuniy ishchi kuchini jalb qilish, migrantlarning kasbiy ta’lim va ingliz tili ko‘nikmalarini egallashini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekiston hamshiralariga kasbiy ingliz tilini o‘rgatish orqali ularni Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash tizimida ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uels tomoni O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan islohotlar, viloyatlardagi tayyorlov kurslari va mehnat migrantlariga yaratilgan qulayliklar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdi.
Britaniya tomoni, o‘z navbatida, O‘zbekiston bilan kasbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan mamnun ekanligini bildirib, mamlakat hamshiralarining ingliz tili bilish darajasini oshirishda amaliy yordam berishga tayyorligini tasdiqladi.
CAVC English Academy Uelsdagi eng yirik kasbiy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. O‘quv dasturlari turli soha vakillari uchun mo‘ljallangan. Muassasa 20 yildan beri faoliyat yuritadi va har yili 30 mingdan ortiq o‘quvchi uchun yuzlab kurslarni taklif qiladi.
Mavzuga oid

22:56 / 23.07.2025
Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash taklif etildi

14:37 / 23.07.2025
O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yadi

13:58 / 23.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

11:10 / 23.07.2025