Jahon | 18:52 / 24.07.2025
4331
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi

Bombalardan biri ko‘p qavatli uy yonida portlagan. 40 dan ortiq kishi yaralangan.

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyaning Xarkiv shahri markaziy qismiga yo‘llagan aviazarbasi oqibatida 42 kishi, jumladan, olti nafar bola jabrlandi, deb xabar qildi Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Jarohatlanganlardan kamida olti nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Shahar meri Igor Terexovning ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar 24 iyul kuni Shevchenkovo rayoni bo‘ylab ikkita yo‘naltiriluvchi aviabomba tashlagan. Bombalardan biri fuqarolik korxonasiga tushgan va u yerda yong‘in boshlangan. Ikkinchisi ko‘p qavatli uy oldida portlab, bu yerda turgan 15 ga yaqin avtomobil yonib ketgan.

«Hech qanday harbiy maqsadsiz mutlaqo ma’nosiz zarbalar. Va ko‘ryapmizki, Rossiyaning yagona istagi - agressiyani, qotillikni davom ettirish. Shuning uchun bizga mudofaada yordam kerak - kuchli havo mudofaasi, qurol ishlab chiqarishni kengaytirish. Bularning barchasi insonlar hayotini himoya qilishga yordam beradi. Hamkorlar bilan hamkorlikka umid qilamiz va allaqachon yordam berishga tayyor bo‘lgan barchadan minnatdormiz», – dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. U zarba joyida olingan video va suratlarni e’lon qilgan.

Mavzuga oid