Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvining to‘qqizinchi bosqichini o‘tkazdi
Zelenskiy og‘ir kasal va og‘ir yaralangan ukrainalik askarlarning Rossiyadan qaytganini ma’lum qildi. Rossiya muzokaralar guruhi rahbari Medinskiyning so‘zlariga ko‘ra, har tomondan 250 ga yaqin kishi almashilgan.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
2 iyun kuni Istanbulda kelishilgan Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvining to‘qqizinchi bosqichi 23 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Telegramʼda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
«Og‘ir kasal va og‘ir yaralangan himoyachilar uylariga qaytmoqda. Tafsilotlar haqida — so‘nggi Istanbul kelishuvlarining barcha bosqichlarida 1000 dan ortiq fuqarolarimiz ortga qaytarildi. Minglab oilalar uchun yana o‘z yaqinlarini quchoqlash quvonchlidir. Bunda mehnat qilgan barchaga rahmat», — deyiladi uning postida.
Zelenskiy shu kuni o‘z vatanlariga qaytganlarning «katta qismi» uch yildan ko‘proq vaqt davomida Rossiya asirligida bo‘lganini ta’kidladi.
Istanbuldagi Rossiya muzokara guruhi rahbari Vladimir Medinskiy ham Ukraina-Belarus chegarasida bo‘lib o‘tgan asirlar almashinuvi yakunlanganini tasdiqladi. «Biz oxirgi marta muhokama qilingan gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha barcha kelishuvlar bajarilganini ma’lum qildik. Hozirda Ukraina-Belarus chegarasida har ikki tomondan taxminan 250 kishidan iborat harbiy asirlarning so‘nggi partiyalarini almashish ishlari yakunlanmoqda. Shu tariqa, 1200 ga yaqin odamning ikkinchi misli ko‘rilmagan yirik almashinuvi amalga oshirildi», — deya iqtibos keltirgan "Interfaks" nashri.
Mavzuga oid

22:01
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV

21:11
O‘zbekistonda zaharlangan rossiyalik jurnalist Papernayaning yaqinlari tovon puli oladi

19:40
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi

16:15