Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi
Vladimir Putin Rossiyadagi har qanday tashkilot a’zosi ekstremistik modda bo‘yicha sudlanganligi sababli «ekstremistik» deb tan olinishi mumkin bo‘lgan qonunni imzoladi.

Foto: kubnews.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qonunni imzoladi, unga ko‘ra har qanday tashkilot «direktori, ta’sischisi yoki a’zosi» «ekstremistik» faoliyat uchun (Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi – ekstremistik jamiyatni tashkil etish) sudlanganligi sababli «ekstremistik» deb tan olinishi mumkin. Hujjat rasmiy normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi. Ilgari tashkilotga tegishli maqom faqat sud qarori bilan berilishi mumkin edi.
"Pervyy otdel" huquqshunoslarining tushuntirishicha, endilikda nafaqat yuridik shaxslarni, balki har qanday uyushmalarni ham «ekstremistik» deb tan olish mumkin bo‘ladi. Rossiyada bu avval ham sodir bo‘lgan, lekin buning uchun Oliy sudning alohida qarori talab qilingan.
«Endi na sud, na surishtiruv talab qilinmaydi. Agar kamida bir ishtirokchi allaqachon ekstremistik jamiyatni tashkil etganlikda ayblangan bo‘lsa, u a’zo bo‘lgan butun uyushma reyestrga kiritilishi mumkin», — deydi "Pervyy otdel" huquq himoyachilari.
Shuningdek, Adliya vazirligi «ekstremistik jamoalar» haqidagi ma’lumotlarni taqiqlangan tashkilotlarning yagona ro‘yxatiga kiritish huquqini oldi. Advokatlarning tushuntirishicha, «ekstremistik» moddalar bo‘yicha hukmlar darhol Adliya vazirligiga yuboriladi. «Ya’ni, agar kimdir «ekstremistik» modda bo‘yicha sudlangan bo‘lsa, sud endi hukmni avtomatik tarzda Adliya vazirligiga yuboradi. U yerda reyestrga kiritiladi. Bu jarayonni tezlashtiradi: alohida qarorlar qabul qilish kerak emas», deb yozadi «Pervyy otdel».
Mavzuga oid

23:31 / 25.07.2025
Tramp Putin bilan Zelenskiy uchrashishini ma’lum qildi

22:01 / 25.07.2025
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV

21:11 / 25.07.2025
O‘zbekistonda zaharlangan rossiyalik jurnalist Papernayaning yaqinlari tovon puli oladi

16:15 / 25.07.2025