Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tal’at Valiyev Xavfsizlik kengashidagi lavozimidan ozod etildi
Tal’at Valiyev Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Kengashning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga mas’ul sho‘’basi mudiri hamda davlat chegarasi va favqulodda vaziyatlarga mas’ul bosh konsultanti ham lavozimidan bo‘shatildi.

Tal’at Valiyev
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch nafar mulozimi lavozimidan ozod etildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbarining farmoni bilan, Tal’at Shuhratovich Valiyev Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Valiyev ushbu lavozimda 2022 yil fevralidan buyon ishlab kelayotgandi. Bundan oldin Statistika qo‘mitasi raisining axborot texnologiyalariga mas’ul o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, Administratsiya farmoyishi bilan:
Bahodir Baxtiyorovich Mahmudov – Xavfsizlik kengashi apparati Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini ta’minlash va xalqaro gumanitar hamkorlik sho‘’basi mudiri lavozimidan,
Shovqiddin Abduvaliyevich Qarshiyev – Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni ta’minlash sho‘’basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

18:34 / 14.07.2025
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi

17:13 / 14.07.2025
Hilola Umarova vazirlikdan ketdi. U endi PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

15:52 / 14.07.2025