Ko‘chmas mulk | 13:07 / 26.07.2025
2998
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda sifatsiz g‘isht ishlatilgan qurilish buzib tashlandi

Buxoro tumanida amalga oshirilayotgan qurilish to‘xtatildi. Bunga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazi hamda kottejlardan iborat obektda amaldagi me’yoriy talablarga javob bermaydigan, sifati past va yaroqsiz g‘isht ishlatilgani sabab bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Buxoro viloyati Buxoro tumanida qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazi hamda kottejlardan iborat obektda nazorat tadbirlari o‘tkazildi, deya xabar berdi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati.

O‘rganishlar davomida, obektda qo‘llanayotgan g‘isht mahsulotlari laboratoriya sharoitida tekshirilganda, amaldagi me’yoriy talablarga javob bermasligi, sifati past va yaroqsiz ekani aniqlangan.

«Aniqlangan holat yuzasidan qurilish ishlari to‘liq to‘xtatilib, talabga javob bermaydigan qurilish qismlari to‘liq buzdirildi. Inspeksiya tomonidan qurilish sifatini ta’minlash, shuningdek, sifatsiz va talabga zid holatlarning oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari izchil davom ettirilyapti» deyiladi xabarda.

Mavzuga oid