Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
May oyidan buyon birgina La Kaleta plyajidan 1200 tonna suvo‘tlar yig‘ishtirib olingan.

Foto: legion-media/Ken Welsh
Ispaniyaning Kadis shahri plyajlari odatda Osiyoda o‘sadigan Rugulopterix okamurae suvo‘tlari bilan qoplandi, deb xabar berdi Euronews.
May oyidan buyon birgina La Kaleta plyajidan 1200 tonna suvo‘tlar yig‘ishtirib olingan.
“Bu ekologik falokat”, - dedi Kadis shahar kengashining plyajlar bo‘limi boshlig‘i Xose Karlos Teruel.
Qayd etilishicha, oxirgi o‘n yil ichida Suvaysh kanali orqali o‘tgan kemalar bilan kelib qolgan Osiyo suvo‘tlari Gibraltar bo‘g‘ozi sohillarini egallab olgan.
Rugulopterix okamurae — dengiz suvo‘tlarining bir turi bo‘lib, asosan Yaponiya, Xitoy, Koreya, Tayvan va Filippin sohillarida o‘sadi. Oxirgi yillarda bu suvo‘tlar O‘rtayer dengizi va Atlantika okeanida shiddat bilan tarqalmoqda. Ular mahalliy o‘simliklarni siqib chiqarib, dengiz tubini gilam singari qoplamoqda. Bu esa ekotizimning o‘zgarishi va bioxilma-xillikning pasayishiga hamda baliqchilik va turizmda qiyinchiliklar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Mavzuga oid

08:15 / 23.07.2025
Ispaniyada Ukraina IIV sobiq xodimi o‘lik holda topildi

08:25 / 18.07.2025
O‘zbekiston ispanlar orasida sayohat uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi

22:05 / 13.07.2025
Ispaniyada migrantlar hujumi sabab tartibsizliklar boshlandi

23:23 / 11.07.2025