Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
2015 yilda ham bosh rohib mablag‘larni o‘zlashtirish va bir nechta nikohsiz farzand ko‘rganlikda ayblangan, ammo 2016 yilda undan bu ayblovlar olib tashlangan.

Foto: China Daily
Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi Shi Yunsin ibodatxona mablag‘i va mulkini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda, deb xabar berdi China Daily.
Xabarda aytilishicha, shuningdek, Shi bir necha nafar ayol bilan “noma’qul munosabatlar”da bo‘lganlikda ham ayblanmoqda. Unga nisbatan bir nechta idora surishtiruv o‘tkazmoqda.
Rohiblar qasamyodiga ko‘ra, ular o‘g‘irlik va jinsiy munosabatlardan tiyilishlari lozim.
1999 yilda bosh rohibga aylangan Shi “Shaolin savdo-sanoat kompaniyasi”ga asos solgan. Kompaniya 2008 yildagina ro‘yxatdan o‘tgan va bir necha yil ichida ibodatxona, buddizm va jangovar san’atlar tarixi bilan bog‘liq 200dan ortiq savdo belgilarini patentlagan. Ibodatxona xayriya fondlari, yakkakurashlar sohasidagi korxonalar, nashriyot va kinostudiyaga egalik qiladi.
South China Morning Post nashrining yozishicha, u bundan o‘n yil avval ham xuddi shu ayblovlar bilan gumonlangan. 2015 yilda Shining sobiq shogirdi uni mablag‘larni o‘zlashtirish va bir nechta nikohsiz farzand ko‘rganlikda ayblagandi. Ammo 2016 yilda undan bu ayblovlar olib tashlangan.
Mavzuga oid

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

18:30 / 27.07.2025
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

20:02 / 26.07.2025