Jahon | 00:00
587
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi

Halokat yuz bergan vaqtda poyezdda 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.   

Foto: DPA

Germaniyaning Biberax shahrida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, halokat yuz bergan vaqtda poyezdda 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.  

Hozirda voqea joyida o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda.

Halokatga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas. Germaniya federal politsiyasi vakilining aytishicha, “Ayni paytda halokatning aniq sababi aniqlanmoqda”.

Mavzuga oid