Iqtisodiyot | 17:52 / 28.07.2025
1396
3 daqiqa o‘qiladi

Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma

Markaziy bank iyun oyida o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 34 foiz respondentlar mablag‘ jamg‘armaydi, 23 foizi esa o‘z jamg‘armasini naqd pul shaklida saqlashni afzal ko‘radi. Kundalik xaridlar uchun asosan naqd shaklda to‘lov qiluvchilar ulushi 15 foizgacha kamaygan. Aholining 20 foizi bankomatlar faoliyatidan norozilik bildirgan.

O‘zbekistonda kundalik to‘lovlarni asosan naqd shaklda amalga oshiruvchi aholi soni 15 foizgacha kamaygan. Markaziy bank iyun oyida o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.

So‘rovnomada: “Kundalik to‘lovlarni asosan (odatda) qaysi shaklda amalga oshirasiz?” degan savolga respondentlar quyidagicha javob berishgan:

  • faqat naqd pul ishlatuvchilar – 15 foiz
  • faqat bank kartasi ishlatuvchilar – 33 foiz
  • ikkala shaklda foydalanuvchilar – 52 foiz

Jizzax, Andijon, Namangan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida naqd to‘lovchilar ulushi nisbatan yuqori.

Naqd pullardan asosan dehqon bozorlarida foydaniladi. Tovar va xizmatlar uchun naqd to‘lov qilishning asosiy sabablari sifatida odamlar quyidagilarni ko‘rsatmoqda:

  • dehqon bozorlarda xarid qilinadi – 56 foiz;
  • naqd to‘lov tez, xavfsiz va qulay – 17 foiz;
  • naqd tovarlar arzonroq – 13 foiz;
  • sotuvchilar naqd pul talab qiladi – 7 foiz;
  • terminal yo‘q yoki ishlamaydi – 7 foiz.

Terminal muammolari eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan.

So‘rovnomaga ko‘ra, har uchinchi o‘zbekistonlikning jamg‘armasi yo‘q:

  • umuman jamg‘armaga ega emas – 34 foiz;
  • jamg‘armasini naqd pulda saqlaydi – 23 foiz;
  • bank kartasida – 23 foiz;
  • bank omonatida – 20 foiz.

88 foiz fuqarolar kommunal xizmatlar uchun to‘lovni mobil ilovalar orqali amalga oshiradi. Respondentlarning faqat 5 foizi kommunal to‘lovlarni naqd pul bilan to‘lashini aytgan.

Aholining 20 foizi bankomatlar faoliyatidan norozilik bildirgan, asosiy muammolar qatorida quyidagilar sanalgan:

  • Pul tez tugab qoladi.
  • Ba’zida umuman ishlamaydi.
  • Zarur nominaldagi banknotlar yo‘q.

Do‘konlarda naqd xaridlar paytida, respondentlarning:

  • 65 foizi – qaytimni oladi;
  • 17 foizi – ba’zida qaytim o‘rniga saqich yoki gugurt oladi;
  • 14 foizi – doim qaytim o‘rniga saqich yoki gugurt taklif qilinadi;
  • 4 foizi – umuman qaytim berilmaydi, deya fikr bildirgan.

Ko‘pchilik ish haqlarini plastik kartalarda oladi:

  • 87 foiz respondentga ish haqi bank kartasi orqali to‘lanadi.
  • 7 foizi – ish haqini ham bank kartasi, ham naqd shaklda oladi.
  • 6 foizi – ish haqini faqat naqd shaklda oladi.

3-Rasm. Ish haqi to‘lovlarining qaysi shaklda olinishi holati (Hududlarda) Infografika – Markaziy bank

So‘rovnoma natijalari raqamli to‘lovlar kengayayotgani, ammo moliyaviy savodxonlik va jamg‘arma madaniyati sust ekani, shu bilan birga so‘rov natijalari aholi moliyaviy hayotida raqamli to‘lovlar ko‘payayotganini ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid