Jahon | 08:22
1547
2 daqiqa o‘qiladi

Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi

"Politbarometer" saylovchilar so‘roviga ko‘ra, nemislarning 49 foizi hukmron koalitsiyadan qoniqish hosil qilgan, bu ko‘rsatkich iyun oxirida 60 foizga teng edi. Respondentlarning 41 foizi koalitsiya faoliyatini «juda yomon» deb hisoblaydi.

Foto: John Macdougall/AFP/Getty Images

Yangi federal hukumat ish boshlaganidan qariyb uch oy o‘tgach, Germaniyada konservativ XDI/XSI bloki va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) koalitsiyasidan norozilik kuchaymoqda. Germaniyaning ZDF telekanali tomonidan «Politbarometer» saylovchilar so‘roviga ko‘ra, nemislarning 49 foizi hukumat ishini «juda yaxshi» deb hisoblaydi, bu iyun oyi oxirida 60 foizga teng edi.

Respondentlarning 41 foizi koalitsiya faoliyatini «juda yomon» deb hisoblaydi. Dpa agentligi ta’kidlaganidek, avvalgi svetofor koalitsiya hukumati xuddi shu vakolat muddatidan so‘ng yuqori reytingga ega bo‘lgan — o‘shanda fuqarolarning 64 foizi undan mamnun, 26 foizi esa norozi bo‘lgan.

Agar saylovlar kelasi yakshanba kuni o‘tkazilsa, "Politbarometr" so‘roviga ko‘ra, XDI/XSI 27 foiz (minus 2 foiz punkti), ikkinchi o‘rinda o‘ta o‘ng "Germaniya uchun muqobil" (GuM) 24 foiz (+2 foiz punkti) bilan joy oladi. GSDP 15 foiz darajasida barqarorligicha qolmoqda, "Ittifoq-90"/"yashillar" esa bir foiz punktini yo‘qotdi va 11 foizni oldi — xuddi shuncha saylovchi So‘l partiyaga ham ovoz beradi.

Nemislarning uchdan bir qismi – 34 foizi hukmron koalitsiya 2029 yil bahorida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi federal saylovlargacha hokimiyatda qolishiga ishonmaydi. So‘rovda qatnashganlarning 60 foizi hukumat muddati erta tugamaydi, deb hisoblaydi.

Mavzuga oid