Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Iyul oyidagi yig‘ilishda Rossiya banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 20 foizdan 18 foizga - 200 bazaviy punktga kamaytirishga qaror qildi. Stavka iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi fonida ketma-ket ikkinchi marta pasaymoqda.

Foto: Mixail Grebenshchikov / RBK
Iyul oyidagi yig‘ilishida Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 20 foizdan 18 foizga — birdaniga 200 bazaviy punktga pasaytirdi. Bu haqda regulyator saytida chop etilgan press-relizda aytilgan. Iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va iste’mol talabining sovishi fonida ro‘y berayotgan asosiy stavkaning bu pasayishi qatorasiga ikkinchisi bo‘ldi. Xuddi shu hisobotda Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki ishchi kuchi yetishmasligi ortishi, unga bo‘lgan talabning pasayishi va ish haqi o‘sishining sekinlashishiga ishora qilmoqda.
Avvalroq tahlilchilar iyuldagi yig‘ilishda kurs yana tushirilishiga shubha qilmagandi. Biroq, ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu Rossiyada inflatsiya mag‘lub etildi degani emas: asosiy stavka tushirilgandan so‘ng, narxlarning o‘sishi, aksincha, yana tezlashishi mumkin. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida yillik inflatsiya 9,4 foizni tashkil etdi — bu may oyiga (9,88 foiz) nisbatan biroz pastroq. Bu Markaziy bank inflatsiyani pasaytirmoqchi bo‘lgan maqsadli 4 foizdan deyarli ikki yarim baravar ko‘pdir.
6 iyun kuni bo‘lib o‘tgan avvalgi yig‘ilishida Rossiya banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 100 ta bazaviy punktga — yillik 21 foizdan 20 foizgacha tushirishga qaror qildi. O‘shanda Markaziy bank «inflyatsion bosim»ning kamayishi, tovar va xizmatlarga bo‘lgan ichki talabning taklifdan oshib ketishiga e’tibor qaratgan edi.
Iqtisodiyotni «qo‘lda nazorat qilish» va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshida Rossiya organlarining biznes sohasidagi turli cheklovlari asosiy stavkaning qisqarish davriga olib keldi — o‘sha paytdagi uning minimal yillik 7,5 foizi 2022 yil sentabr oyida qayd etilgan edi. Ammo 2023 yil iyulidan boshlab Markaziy bank stavkani yana oshirishga kirishdi. 2024 yil oktyabr oyi oxirida u maksimal 21 foiz darajasida belgilandi va 2025 yilning apreligacha saqlanib qoldi.
Mavzuga oid

13:21
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti

11:08
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi

10:28
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi

07:53