Jamiyat | 09:58
5604
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasidagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Andijon viloyati Asaka tumanida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida bir nafar shaxs vafot etgan, bir nafari esa og‘ir tan jarohati olgan. 

Shoxobcha ichida bo‘lgan Labo rusumli avtomashinasi to‘liq yonib ketgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in sabablari bo‘yicha yong‘in-texnikaviy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid