Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalarga zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilandi
«Inson» markazlari va ichki ishlar organlari bolaga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini o‘rganuvchi va chora ko‘ruvchi tashkilot sifatida belgilandi.

Foto: Getty images
Hukumat qarori bilan «Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, zo‘ravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoxud o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bola bevosita o‘zi yoxud qonuniy vakili «Inson» markazlari, ichki ishlar organlari va boshqa mas’ul organlarga murojaat qiladi.
«Inson» markazlari ichki ishlar organlari ishtirokida bolaning hayotiy vaziyatini 1 kun muddatda o‘rganadi.
Bunda «Inson» markazi bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi omillarni dastlabki baholashdan o‘tkazadi hamda xavf darajasini «past» yoki «yuqori» deb topishi mumkin.
Xavf darajasi «yuqori» deb baholanganida, ichki ishlar organi quyidagi choralardan birini ko‘radi:
- zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish hamda protsessual majburlov choralarini qo‘llash;
- bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini berish;
- bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan olib qo‘yish va uning xavfsizligini ta’minlash.
Tahdid soluvchi omillar bartaraf etilgach, «Inson» markazi bolaning hayotiy vaziyatini 14 kalendar kun ichida kompleks baholashdan o‘tkazadi.
Kompleks baholash natijalariga ko‘ra 3 ish kuni ichida bolani himoya qilish rejasi ishlab chiqiladi.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki bunday harakatlarga moyilligi aniqlangan shaxslarga nisbatan quyidagi ta’sir choralari qo‘llanishi mumkin:
- axloq tuzatish dasturidan o‘tish;
- bolalarini olib qo‘yish;
- ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish.
- narkologiya muassasalarida majburiy davolanish;
- majburiy tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash.
Mavzuga oid

10:28 / 23.07.2025
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

13:39 / 14.07.2025
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

15:09 / 08.07.2025