Sport | 20:15 / 30.07.2025
3500
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur biatlonchi Laura Dalmayyer Pokiston tog‘larida halok bo‘ldi

Sobiq sportchi tosh bosib qolishi oqibatida fojiali tarzda hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: Instagram

Germaniyalik biatlonchi, Olimpiadaning ikki karra chempioni Laura Dalmayyer Pokiston tog‘lariga ko‘tarilish vaqtida tosh bosishi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi ZDF.

«Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli Dalmayyer sherigi bilan Pokistonning Qoraqurum tog‘idagi Laylo cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Taxminan 5700 metr balandlikda tosh qulashi sodir bo‘lgan va Dalmayyerni tosh bosib qolgan. Oqibatda u og‘ir jarohat olib, halok bo‘lgan», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, sportchining sherigi zudlik bilan qutqaruv xizmatlarini chaqirgan, biroq hodisa joyi uzoqligi sababli ular voqea joyiga tezkor yetib borolmagan. Dalmayyerning jasadi 2 kundan so‘ng, jonsiz holda topilgan.

Dalmayyer 2018 yilda Pxyonchxanda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada sprint va ta’qib qilish bo‘yicha oltin, shuningdek, individual poygada bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Bundan tashqari, u yetti karra jahon chempioni sanaladi.

Dalmayyer sportchilik faoliyatini 2019 yilda yakunlab, alpinizm bilan shug‘ullana boshlagan edi.

Mavzuga oid