Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukraina armiyasining o‘quv bo‘linmasiga zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi
Rossiya armiyasining Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarining o‘quv bo‘linmasiga bergan zarbasi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi yaralandi, deya xabar bermoqda Ukraina harbiylari.

Foto: RIA Novosti
Rossiya harbiylari Chernixiv viloyatidagi Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari o‘quv bo‘linmalaridan birining hududiga raketa zarbasi berdi. Bu haqda 29 iyul, seshanba kuni kechqurun Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari ma’lum qildi. Zarba natijasida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana 18 nafari yaralandi. «Hodisa joyida tegishli favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Yaradorlarga zudlik bilan barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», — deyiladi ukrainalik harbiylar xabarida.
Xuddi shu bayonotda aytilishicha, agar mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi harbiy xizmatchilarning o‘limiga aloqadorligi aniqlansa, aybdorlar javobgarlikka tortiladi.
Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari 1 iyun kuni ham Rossiya armiyasi tomonidan o‘quv bo‘linmalaridan biriga zarba berilgani haqida xabar qilgandi. O‘shanda hujum natijasida 12 kishi halok bo‘lgan, 60 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Shu kuni Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Mixail Drapatiy iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizani taqdim etdi.
Mavzuga oid

23:46 / 30.07.2025
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi

09:21 / 30.07.2025
Rossiyada shatdaunlar paytida ham ayrim resurslarga kirish imkoni yaratilishi mumkin

08:47 / 30.07.2025
«Naftogaz Ukrainy»: Kiyev birinchi marta Ozarboyjondan gaz oladi

23:22 / 29.07.2025