Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
#SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15 avgustgacha uzaytirildi

Foto: Kia
Ishtirokchilarning katta qiziqishi va auditoriyaning talabidan kelib chiqib, ADM Global kompaniyalar guruhi – Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – #SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati 2025 yil 15 avgustgacha uzaytirilganligini, shuningdek obunachilar soni 15 ming nafargacha oshirilganligini e’lon qiladi.
#SonetUzStyle – bu o‘zini namoyon etishga, kreativ yondashuv va yangicha nigohni ochib berishga intilayotgan yangi mualliflar va kreativ ijodkorlar uchun ijodiy tanlov. Tanlovda, uning akkaunti rolik e’lon qilingan paytda 15 000 nafardan kam obunachilarga ega bo‘lish sharti bilan 18 yoshga to‘lgan istalgan Instagram sahifasi foydalanuvchisi ishtirok etishi mumkin.
O‘z roliklarini avval joylashtirgan ishtirokchilar ham videoni qayta ishlash yoki yangilash va yaxshilangan variantni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu sizning arizangiz va g‘alaba qozonish imkoniyatingizni oshirish uchun ajoyib fursatdir.
Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin:
1. "Nima uchun Kia Sonet O‘zbekiston uchun eng maqbul avtomobil?" mavzusida 20 soniyadan 60 soniyagacha bo‘lgan videorolik (Reels) yarating.
2. Instagram sahifasi yoki tanlovning rasmiy sahifasidagi havola orqali mavjud bo‘lgan Kia_Sonet_Uz rasmiy musiqiy trekidan foydalaning.
3. Instagram sahifasida majburiy shartlar asosida rolik joylashtiring*:
• Heshteg: #SonetUzStyle
• @kia__uzbekistan akkauntini belgilash
4. Tanlovning butun davri mobaynida profil ochiq bo‘lishi shart.
Yuqoridagi shartlarga rioya qilinmagan holda e’lon qilingan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Barcha ishlar Kia vakillari hamda media va marketing sohasidagi mustaqil ekspertlardan iborat professional hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. Tanlov g‘olibi qimmatbaho sovg‘a va brend bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Batafsil qoidalar, yangilangan jadval, hakamlar hay’ati ro‘yxati, trek havolasi va ko‘p beriladigan savollarga javoblarni kia.uz saytidan topishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot olish uchun ishonch telefoni: 1333
Ilhomlaning. Yarating. Kia bilan birgalikda ishtirok eting.
#sonetuzstyle
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

19:23 / 17.07.2025
Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 million AQSh dollari miqdorda sarmoya

15:00 / 10.07.2025
Kia O‘zbekiston bozorida yetakchilardan: 2025 yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

15:00 / 27.06.2025
“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

15:52 / 23.06.2025