Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Samsung videosini e’lon qilib, sharmanda bo‘ldi

Foto: Investopedia
Apple rasmiy akkaunti Samsung mahsulotini o‘zi bilmagan holda reklama qilib qo‘yib, Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarda sharmanda bo‘ldi. Gap shundaki, 30 iyul kuni Apple Support Weibo rasmiy akkauntida Samsung’ning buklanuvchi Galaxy Z Flip 7 modeli videosi e’lon qilingan.
Xabar maksimal tezlikda o‘chirilgan, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari buni tarqatib ulgurgan edi. Ayniqda, Xitoy platformalarida bu keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Qanday qilib bu qo‘pol xato sodir bo‘lgani noma’lum, katta ehtimol bilan noto‘g‘ri kontent tasodifan yuklab yuborilgan.
Texnologiya olami tahlilchilariga ko‘ra, bu Apple uchun juda qo‘pol xato. Kompaniyaning uzoq vaqtdan beri chiqarilishi kutilayotgan buklanuvchi modeli haqida so‘z ketarkan, aynan shunday Samsung mahsulotining videosi chiqishi – kompaniya uchun achinarli holat. Hattoki, bu holat Apple Samsung’dan o‘rganyapti, degan mish-mishlarning tarqashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Iphone Fold – ya’ni buklanuvchi telefon 2026 yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqarilishi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Z Flip 7 shu oy boshida taqdim etilgandi. Telefon, shuningdek, dizayndagi yaxshilanishlar, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan xususiyatlar va uzoqroq batareya quvvati bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga o‘zidan oldingi 1099 dollar boshlang‘ich narxini saqlab qoladi.
Mavzuga oid

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

21:34 / 14.07.2025
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:12 / 02.07.2025