Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olti oyda auksionda sotilgan eng qimmat avtoraqam bahosi ma’lum bo‘ldi
Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 509,6 mln so‘mni tashkil qildi.

Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
2025 yil yanvar–iyun oylarida birjada jami 107,6 trln so‘mlik savdo shartnomalari tuzilgan.
Birja savdolari bo‘yicha tuzilgan eng yirik bitimlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (44 foiz), yoqilg‘i energetika mahsulotlari (19 foiz), qora va rangli metallar (19 foiz) ulushlariga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 378,7 mlrd so‘mlik 80 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksion orqali sotildi.
Sotilgan avtoraqamlarning 96 foizi jismoniy shaxslarga va qolgan 4 foizi yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan.
Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 509,6 mln so‘mni tashkil qildi.
Mavzuga oid

22:00 / 17.07.2025
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi

07:53 / 14.07.2025
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi

12:14 / 13.07.2025
Auksionda sumka 10 mln dollarga sotildi

09:15 / 15.06.2025