Ta’lim | 10:40 / 01.08.2025
2130
1 daqiqa o‘qiladi

1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni joriy yil 1 avgust kuni soat 10:00 dan boshlandi.

Shuningdek, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi jarayonlari ham 1 avgust sanasidan davom ettiriladi.

Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.

Agar elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olish mumkin.

Mavzuga oid