O‘zbekiston | 12:03 / 01.08.2025
1933
1 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda yonilg‘i quyish shoxobchasi salkam 2 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan AYoQShga nisbatan 1,7 mlrd so‘m miqdorida jarima qo‘llandi.

O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «I.P.» MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYoQShdagi yonilg‘i tarqatish ustunlarida navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan iste’molchilarga neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.

Tekshiruv yakunida O‘zbekiston Respublikasi 940-sonli qonuni 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYoQShga nisbatan realizatsiya qilingan 413 340 litr Ai-80 markali avtobenzin qiymatining 50 foizi – 1 milliard 715 million so‘m miqdorida jarima qo‘llandi.

Mavzuga oid