Jahon | 08:46
1263
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda

Bundestag tashqi siyosat qo‘mitasidagi hukmron XDI/XSI blokining vakili Roderix Kizevetter Germaniyaning piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash bo‘yicha konvensiyadan chiqishini yoqladi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi bunday rejalar yo‘qligini ma’lum qildi.

Foto: AP

Germaniya Rossiya tahdidi tufayli piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash xalqaro konvensiyasidan vaqtincha chiqishi kerak. Bu haqda Bundestagning tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasidagi Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlari (XDI/XSI) konservativ bloki vakili Roderix Kizevetter ma’lum qildi. Germaniyada hukmron koalitsiyaga XDI/XSI bloki yetakchilik qiladi.

«Men Ottava shartnomasidan vaqtincha chiqish tarafdoriman. To Rossiya o‘ziga qo‘shni davlatlarning mavjud bo‘lish huquqini tan olmaguniga qadar», — dedi Kizevetter ZDF telekanaliga bergan intervyusida.

«Konvensiyadan allaqachon chiqib ketgan davlatlar Rossiya harakatlari tufayli o‘zini xavf ostida his qilmoqda. Bunday qurol turi Ottava shartnomasida taqiqlangan, chunki undan keng ko‘lamli harbiy muvaffaqiyatlarga juda tez erishish uchun foydalanish mumkin. Agar biz bu davlatlar boshdan kechirayotgan xavfsizlik xavotirlarini qabul qilsak va tushunsak, to‘g‘ri qilgan bo‘lamiz», — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Kizevetterning eslatishicha, Germaniya va Rossiya umumiy chegaraga ega bo‘lmasa-da, Litvada Bundesverning zirhli tank brigadasi joylashgan. Siyosatchining fikricha, unga Rossiya Federatsiyasi tahdid qilmoqda. «Germaniya o‘zidan so‘rashi kerakki, bu bizni Litvada nishon ostiga qo‘yadimi va biz to‘xtatuvchi kuch yo‘qligi sababli zaif bo‘lib qolyapmizmi», dedi deputat.

Mavzuga oid