O‘zbekiston | 19:00 / 02.08.2025
3632
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Thompson Xalqaro maktablari bitiruvchilari Britaniya universitetlariga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin

O‘zbekistondagi eng yirik xususiy ta’lim muassasalaridan biri - Thompson Xalqaro maktablari bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Mazkur maktablarning maxsus sinflarini tamomlagan o‘quvchilar Buyuk Britaniya va O‘zbekistondagi Britaniya ta’lim tizimi asosida faoliyat yurituvchi universitetlarga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin.

Foto: Thompson Xalqaro maktabi

Ta’lim muassasasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bitiruvchilar Foundation (tayyorlov) bosqichini o‘tkazib yuborgan holda Year 1 (1-bosqich) talabalari sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi. Bu esa ularning universitetni 3 yilda tamomlash imkonini beradi. Oddiy qilib aytganda, Thompson Xalqaro maktablari bitiruvchilari uchun bakalavr darajasini 4 yil emas, 3 yilda olish mumkin.

Bunday imkoniyat Thompson maktablari va Britaniyadagi CMI tashkiloti bilan hamkorlikda joriy etilgan. Ta’lim dasturi Buyuk Britaniya universitetlaridagi Foundation bosqichiga to‘liq mos kelishi ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, ushbu dastur faqat Thompson Xalqaro maktablarida amalga oshirilayotgani va boshqa xususiy maktablarda bunday imkoniyat mavjud emasligi alohida qayd etilgan.

Ayni paytda maktablar Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Uchtepa va Chilonzor tumanlari hamda Navoiy va Namangan shaharlarida faoliyat yuritmoqda. Qabul imtihon asosida amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumotni maktabning rasmiy sahifalari yoki quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: thompsonschool.tilda.ws/form1

Instagram: thompsonmaktablari.uz/

Telegram: t.me/thompson

Reklama huquqi asosida