Jahon | 10:52
5947
4 daqiqa o‘qiladi

31 iyulga o‘tar kechasi Kiyev uchun yil boshidan buyon eng og‘iri bo‘ldi – fotoreportaj

Rossiya zarbasi oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan. Quyida Ukraina poytaxtining hujumdan keyingi ko‘rinishi aks etgan suratlar.

2025 yil yozi boshlanganidan buyon Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan intensiv hujumlar uyushtira boshladi. Shunday hujumlardan navbatdagisi 31 iyul kuni ro‘y berdi. Beshta joyda raketa va dronlar nishonga aniq tegib urilgan. Svyatoshinskiy va Solomenskiy rayonlarida ikkita ko‘p qavatli uy vayron bo‘lgan. 31 kishi, jumladan besh nafar bola hujum qurboniga aylandi, 159 kishi yaralandi. Qurbonlar orasida eng yoshi ikki yoshli qizcha bo‘lgan.

Keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Kiyevda faqat bir marta bir hujum vaqtidagi qurbonlar soni bundan ko‘proq bo‘lgan  2024 yil 8 iyulda Ukraina poytaxti Rossiya qo‘shini tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida (o‘shanda «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi ham zarbaga uchragandi) halok bo‘lganlar soni 33 nafarni tashkil etgandi.

Rossiya raketasi urilishidan keyin bir qismi qulab tushgan ko‘p qavatli turar joy binosi
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

31 iyulga o‘tar kechasi Kiyev bo‘ylab jami 27 ta nuqtada snaryadlar to‘g‘ridan to‘g‘ri urilishi va dronlar parchalari qulashi qayd etilgan. Ko‘p joylarda yong‘inlar yuzaga kelgan.

Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Patryk Jaracz / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Hujum oqibatida yuzdan ortiq bino, jumladan, turar joylar, shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalari shikastlangan.

Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan uyda qidiruv-qutqaruv ishlari
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

To‘qqiz qavatli uyning bir pod’yezdi to‘liq qulab tushgan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari 31 iyul kuni kun bo‘yi davom etdi. Omon qolganlar orasida to‘qqizinchi qavatdan yiqilib tushgan qiz ham bor.

Maxym Marusenko / NurPhoto / Getty Images
Vayron bo‘lgan uyda qidiruv-qutqaruv ishlari
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Yuzlab kishilar boshpanasidan ayrilgan
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Oleksii Samsonov / Global Images Ukraine / Getty Images
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

1 avgust Kiyevda qurbonlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi.

Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid