Jahon | 20:21 / 03.08.2025
1343
1 daqiqa o‘qiladi

OPeK+ a’zolari neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

O‘tgan haftada Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz ibn Salmon bilan neft bozoridagi vaziyatni muhokama qilgandi.

Foto: AP

OPeK+ tashkiloti a’zolari sentabr oyida neft qazib olishni sutkasiga 547 ming barrelga oshirishga kelishib oldilar. Bu haqda tashkilot rasmiy bayonotida ma’lum qilindi. 

Bayonotda aytilishicha, “jahon iqtisodiyotining barqaror istiqboli va hozirgi bozor ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda” 2025 yil sentabr oyidan boshlab neft qazib olish sutkasiga 547 ming barrelga ko‘paytiriladi. 

“Bu neft bozorini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi”, - deyiladi bayonotda.  

OPeK+ tashkilotining sakkiz a’zosi (Rossiya, Saudiya Arabistoni, Iroq, Jazoir, BAA, O‘mon, Qozog‘iston va Kuvayt) uchrashuvi onlayn shaklda tashkil etildi. 

O‘tgan haftada Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz ibn Salmon bilan neft bozoridagi vaziyatni muhokama qilgandi.

Mavzuga oid