Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta Yer dengizi uzra maroqli sayr, afsonaviy qal’aga sayohat: Turkiyaning Alanya shahridan fotoreportaj
Jazirama issiqda dengizda cho‘milish, O‘rta Yer dengizi uzra kemada sayohat qilish, tarixiy qal’alarga sayr hamda barcha imkoniyatlarga ega mehmonxona xizmatidan foydalanish, turk shirinliklaridan bahramand bo‘lish uchun eng yaxshi lokatsiyalardan biri bu Turkiyaning Alanya shahridir. 12 iyun kunidan boshlab birinchi marta Toshkent–Alanya yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yildi. Aviatashuv “Uzbekistan Airways” kompaniyasi va “Asialuxe Travel” turoperatorining hamkorligi natijasida amalga oshdi.

Ushbu tashabbus turistik imkoniyatlarni kengaytirish va sayohatchilar uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Bungacha Asialuxe Travel turoperatorining to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslari orqali Antaliyaga uchib, so‘ngra mashinada Alanyaga borish mumkin edi. Ushbu ahamiyatli voqea O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida xalqaro aviatashuv va turistik almashinuvni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Alanya – O‘rtayer dengizi sohili, Toros tog‘lari etaklarida joylashgan kurort maskan bo‘lib, ajoyib iqlimi, cho‘milish joylari va rivojlangan turistik infratuzilmasi bilan mashhur.
Alanya qal’asi
Alanyaga kelgan turist borki, eng avvalo sayohatni yarimorolchada joylashgan Alanya qal’asi bilan tanishishdan boshlashi aniq.
O‘rtayer dengizi to‘lqinlari yuvib turgan qal’a 1221 yilda Saljuqiylar sultoni Alovuddin Kaykubod tomonidan zabt etilgan. Qal’aning yuqori qismidan Kleopatra plyaji va dengizda suzib yurgan kemalarni zavq bilan kuzatishingiz mumkin.
Tarixiy masjid va tepalikdagi bozor
Saljuqiylar sultoni Alovuddin Kaykubod tomonidan 1231 yilda qurilgan tarixiy masjidning zavqi boshqacha.
E’tiborimizni tortgan yana bir maskan kichik bozorcha bo‘ldi. Tepalikdagi bozorda turk hunarmandlari tomonidan ishlangan oyoq-kiyimlaru, taqinchoqlar milliy mahsulotlar sotilar ekan.
Qizil minora
Qizil Kule (Qizil minora) Alanya shahrining alohida diqqatga sazovor joyidir. XIII asrga oid bu inshoot Alanya shahrining ramzi hisoblanadi va hatto shahar gerbida ham tasvirlangan.
Minora qurilishi saljuqiylar sultoni Alovuddin Kaykubod hukmronligining boshida boshlangan va 1226 yilda yakunlangan. Sulton bino qurish uchun Suriyadan arab me’morini taklif qilgan. Minora 1950 yillarda qayta tiklangan.
Ajoyib g‘orlar
Alanyaning yana bir diqqatga sazovor maskanlaridan biri Damlatosh g‘oridir. G‘orlardagi shifobaxsh havo ko‘plab nafas yo‘llari kasalliklari uchun davo ekani aytiladi.
Tashqarida issiq havo ichkariga kirsangiz muzdek va mayin havoga alishadi. G‘or ichkarisida turistlar uchun maxsus o‘rindiqlar tayyorlangan.
Maroqli dengiz sayohati
Alanyadagi sarguzashtlar ichida eng esda qolarlisi bu shubhasiz dengiz sayohatidir. O‘rtayer dengizi uzra kemada sayr davomida qal’a atrofi, shaharning tashqaridan ko‘rinishini maroq bilan tomosha qilasiz. Shuningdek sayohat davomida bir necha marta dengizda cho‘milish imkoniyati ham beriladi. Qisqa qilib aytganda Turkiyaning Alanya shahriga bo‘lgan sayohatingiz juda maroqli va sermazmun o‘tishi aniq.
“Alanya bu – shunchaki kurort emas, bu hissiyotlar, quyosh va turkcha mehmondo‘stlik. Yangi reys minglab o‘zbekistonliklar uchun dam olishni hamyonbop va yoqimli qilishiga ishonchimiz komil”, deydi “Asialuxe Travel” vakili.
“Aviakompaniyamiz Alanyaga birinchi bo‘lib reys yo‘lga qo‘yganidan faxrlanamiz. Bu katta va mashaqqatli mehnat natijasidir: ruxsatnomalar olishdan boshlab ekipajni tayyorlashgacha. Reys ommabop bo‘lishiga va kelgusida mamlakatlar o‘rtasida turizmning rivojlanishiga turtki bo‘lishiga ishonamiz”, deya izoh berdi “Uzbekistan Airways” kompaniyasining vakili.
Jazirama kunlarda dengiz qirg‘og‘ida sayr qilishni xohlagan yurtdoshlarimizni Alanyaga borishlarini tavsiya qilamiz. Bu yo‘lda sizga Asialuxe Travel turoperatori yaqindan yordam beradi.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Mavzuga oid

21:14 / 03.08.2025
Turkiyadan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

23:20 / 30.07.2025
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi

20:36 / 30.07.2025
«Istanbul Boshoqshehir» Abbosbek Fayzullayev transferini e’lon qildi

18:21 / 29.07.2025