Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ko‘rinmas kemalar yordamida urib tushirish taklif qilinmoqda
Xitoyda Starlink mamlakat uchun tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Bunga Mask kompaniyasining AQSh razvedka va harbiy idoralari bilan uzviy aloqada ekanligi sabab bo‘lmoqda.

Foto: AP
Xitoy olimlari milliarder Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini urib tushirish usullarini ishlab chiqmoqda. Xitoy ilmiy jurnallarida e’lon qilingan 64ta ilmiy ishni tahlil qilgan Associated Press ana shunday xulosaga keldi.
Qayd etilishicha, olimlar kosmik lazerlar bilan jihozlangan ko‘rinmas kemalardan foydalanishni taklif qilishmoqda. Shuningdek, ular ion dvigatelli sun’iy yo‘ldoshlar orqali hujum qilishni ko‘rib chiqishmoqda.
Nashrning yozishicha, Xitoyda Starlink sun’iy yo‘ldoshlari mamlakat uchun tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Bunga Mask kompaniyasining AQSh razvedka va harbiy idoralari bilan uzviy aloqada ekanligi sabab bo‘lmoqda.
Xitoyning bu boradagi xavotiri ayniqsa Rossiya-Ukraina urushidan so‘ng kuchaygan. Ukraina urushda aynan Starlink tarmog‘idan foydalanmoqda.
Mavzuga oid

18:33 / 03.08.2025
Xitoyda bir hafta ichida uch mingga yaqin kishida chikungunya bezgagi aniqlandi

23:24 / 02.08.2025
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi

22:14 / 02.08.2025
Xitoyda chikungunya epidemiyasiga qarshi kurashish uchun ulkan kannibal-chivinlar yuborildi

23:25 / 01.08.2025