Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda O‘zbekiston bo‘ylab o‘tuvchi motoralliga start berildi
Islomobod shahrida Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston va Tojikiston bo‘ylab o‘tuvchi Central Asia Tour -2025 xalqaro motorallisiga start berildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tadbir mamlakat elchixonasi va Pokiston turizmni rivojlantirish korporatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir qatnashchilari tomonidan ushbu tashabbus mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va mamlakatlar sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan muhim qadam sifatida e’tirof etildi.
16 nafar sayohatchidan iborat motoralli ishtirokchilari joriy yilning 1 avgust kuni "Islomobod–Peshovar" yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqdi. Dasturga muvofiq, ralli ishtirokchilari 23 kun davomida Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston va Tojikiston orqali o‘tuvchi 5000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi.
Xususan, ular Termiz, Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘lib, o‘zbek xalqining boy madaniyati va mehmondo‘stligi bilan tanishadi.
Shuningdek, motoralli qatnashchilari bo‘lgan sayyohlar O‘zbekistonning boy madaniyati, tarixi va sayyohlik salohiyati haqida turkum videokontentlarni suratga olishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid

20:35 / 05.08.2025
AQSh 5 ming dollardan 15 ming dollargacha garov evaziga viza berish dasturini ishga tushiradi

07:36 / 05.08.2025
Peshovarda O‘zbekiston va Pokiston tadbirkorlari biznes-forumi o‘tkaziladi

18:09 / 03.08.2025
Hindiston bosh vaziri Pokistonga tahdid qildi

18:36 / 02.08.2025