Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jarimabozlik: Ekologiya vazirligi faqat jarima o‘ylab topgani tuzilganmi?
1 avgustdan e’tiboran ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori ham oshdi. Xo‘sh, jarimalar ekologiyani qutqaradimi va biror ijobiy natijaga sabab bo‘lyaptimi? Kun.uz bilan suhbatlashganlar fikricha, muammo jarimada emas, balki shu moddiy jazoning hammaga teng qo‘llanmayotganida. Orqasida odami yo‘qlarga bemalol qo‘llayapmiz, deydi vazir maslahatchisi Rasul Kusherbayev.

Suhbatda qatnashganlar fikricha, ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar bo‘lishi – mutlaqo normal, lekin shu jarimalar kimga solinib, kimga solinmayotgani – eng katta muammo. Masalan, hukumatda yoki yuqori tashkilotlarda tanish-bilishlari bor katta tadbirkorlar bitta qo‘ng‘iroq bilan jarimalardan qutulib qolayotgan holatlar ancha. Lekin olis qishloqdagi bitta daraxt kesgan, faqat maosh bilan kun ko‘ruvchi oddiy xalq vakili shu jarimani to‘lashga majbur. Demak, tengsizlik bor ekan – hech qachon natija bo‘lmaydi.
Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayevga ko‘ra, ayniqsa, daraxtlarni kesish masalasida vazirlik hamda xodimlar katta bosim bilan ishlaydi.
“Ayniqsa shu tadbirkorlar o‘zini oppog‘im deb o‘ylamasin, ana shular bo‘ladi millatning zuluklari. Bular aslida hech kimni tan olmaydi, tepaga bitta qo‘ng‘iroq qilib ishini hal etadi. Bizning ham xabarimiz bor Toshkentda bitta daraxtning kesilish stavkasi qancha, viloyatda qancha. Ushlay olmayotgan odamlarimiz ham bisyor”, deydi sobiq deputat.
Jamiyatshunos, etnopsixolog Mahmud Yo‘ldoshev fikricha, O‘zbekistonda farroshlik shtatlari sonini oshirish yoki maktablarda, majlislarda tinmay tabiatni asrash haqida leksiya o‘qish bilan hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi. Davlat o‘zining qattiq qonunlari, katta jarimalari va hammaga teng bo‘lgan qoidalari bilan buni tartibga solmas ekan, biz biror natijaga erishmaymiz, deydi jamiyatshunos.
Bundan tashqari, odamlarning psixologiyasi va ruhida ham ekologik madaniyat avtomatik o‘rin olishi kerak. Bolani olib ketayotganda chiqindini maxsus idishlarga solish, tabiatga zarar bermaslikka o‘rgatish – qon-qonimizga singishi darkor.
Adolat Mukus – Turkiya fuqarosi, bundan qariyb 20 yil avval ekologiyadagi muammolar, allergiya va ob-havoning noqulayligi ortidan O‘zbekistonni tark etgan. U havodagi chang miqdori haddan ziyod ortiqligidan shikoyat qiladi.
“O‘zbekistonda negadir chang juda ko‘p, tomog‘imiz changdan to‘ladi. Men Vatanimni yaxshi ko‘raman, yashagim keladi. Uzoq muddatdan keyin keldim, o‘zgarib ketibdi, chiroyli bo‘lib ketibdi. Lekin ekologik shart-sharoitlari og‘ir, shuning uchun ham yashash qiyin”, deydi Adolat Mukus.
Suhbatdoshlarning aytishicha, ekologik oqibatlar hukumatni har narsadan ham ko‘ra ko‘proq tashvishga solishi kerak. Vaholanki, noqulay ob-havo sharoitlari va iqlim o‘zgarishini deb iqtisodiyot, biznes va tadbirkorlik zarar ko‘rishi tayin. Masalan, birgina 2023 yilda Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 22 ming ish o‘rinlari iqlimni deb yo‘qolib ketgan.
Jamiyatshunosning qo‘shimcha qilishicha, hech qachon kech emas va vaziyat bundanda yomonlashmasligi uchun hech bo‘lmasa hozirdan faollashishga to‘g‘ri keladi.
Suhbatni Kun.uzʼning YouTubedagi sahifasida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid

17:01 / 05.08.2025
Chimyonda yuk mashinalari qurilish chiqindilarini soyga to‘kib ketayotgani ma’lum bo‘ldi

16:26 / 05.08.2025
“Jarimani to‘lashga rozimiz, ammo akt yo‘q” – Samarqandda YHXB haydovchilarni sarson qilyapti

14:00 / 05.08.2025
Sea Breeze Uzbekistan qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi

09:13 / 05.08.2025