Jamiyat | 11:29
1150
1 daqiqa o‘qiladi

Urganchda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

Urganch shahrida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Videodan kadr

Kecha, 8 avgust kuni soat 19:47 da Xorazm viloyati, Urganch shahar, Jannatmakon ko‘chasida joylashgan avtomobillarga mobil yonilg‘i quyish shoxobchasi hududida yonilg‘i tashuvchi avtosisternadan yonilg‘i saqlash rezervuarga benzin to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqqani  to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 19:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:56 da qurshab olingan va soat 20:06 da  o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida mobilsisternada 3 tonna benzin yonilg‘isi yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga oid