Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy janubida bir hafta ichida chikungunya bezgagi bilan bog‘liq 1,3 mingdan ortiq holat qayd etildi
Hozirda chikungunya bezgagiga qarshi dori yoki vaksina yo‘q. Kasallik kutilmaganda boshlanadi – harorat keskin ko‘tarilib, qaltiroq bosadi, bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘ladi.

Foto: Reuters
Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida bir hafta ichida chikungunya bezgagiga chalinish bilan bog‘liq 1387ta yangi holat qayd etildi, deb ma’lum qildi kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish mintaqaviy markazi.
Kasallik yuqtirganlarning katta qismi (1 212 kishi) Foshan shahrida, 103ta holat Guanchjou provinsiyasi ma’muriy markazida aniqlangan.
Hududda profilaktika choralari kuchaytirilgan, virus tashuvchi chivinlarni yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda.
Xitoyda bezgakka chalinish bilan bog‘liq holatlar soni 8 mingdan oshdi. Bundan tashqari, denge bezgagiga chalinish bilan bog‘liq 100dan ortiq holat aniqlangan.
Hozirda chikungunya bezgagiga qarshi dori yoki vaksina yo‘q. Kasallik kutilmaganda boshlanadi – harorat keskin ko‘tarilib, qaltiroq bosadi, bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘ladi. Aedes aegypti va Aedes albopictus turlariga mansub chivinlar ushbu kasallikni tashuvchilar hisoblanadi.
Mavzuga oid

00:15
Xitoyda ajrashayotgan er-xotin 29 bosh tovuqni teng bo‘lishishdi

11:06 / 09.08.2025
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi

08:50 / 09.08.2025
Xitoy O‘zbekistondan asal sotib olishni boshlashi mumkin

07:55 / 09.08.2025