Jahon | 01:11
746
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda

Do‘konlarda bitta qo‘g‘irchoqning narxi 500 dollar turadi, ayrim cheklangan nusxada chiqarilganlari esa qo‘lda bir necha ming dollargacha sotilmoqda.

Foto: Reuters

Los-Anjyeles shahrida niqoblangan shaxslar o‘yinchoqlar do‘koniga kirib bir necha ming dollarlik Labubu qo‘g‘irchoqlarini o‘g‘irlab ketishdi.  

Kuzatuv kameralaridagi yozuvlarga ko‘ra, ularni boshqa mahsulotlar qiziqtirmagan, ular faqat Labubular uchun kirishgan.

Labubu karikaturachi rassom Kasing Lung tomonidan yaratilgan. Bu o‘yinchoq qovog‘i soliq, ko‘zlari katta momiq quyonchalarga o‘xshaydi.   

Do‘konlarda bitta qo‘g‘irchoqning narxi 500 dollar turadi, ayrim cheklangan nusxada chiqarilganlari esa qo‘lda bir necha ming dollargacha sotilmoqda. Shuningdek, soxta Labubular bozori ham rivojlanmoqda.

Mavzuga oid