Jahon | 21:42 / 11.08.2025
1447
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda

Shuningdek, Dehli Fransiya bilan Rafale qiruvchi samolyotlarining qo‘shimcha partiyasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Hindiston harbiy-havo kuchlari Rossiyaning Su-57 va Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb xabar berdi The Times of India.

Qayd etilishicha, bu samolyotlar mamlakat harbiy-havo kuchlari salohiyatini oshirishga yordam beradi.

Ammo nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, hozircha bu masala hech bir tomon bilan muhokama qilinmayapti.

Shuningdek, gazetaning xabar berishicha, Dehli Fransiya bilan Rafale qiruvchi samolyotlarining qo‘shimcha partiyasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

Hindiston harbiy-dengiz kuchlari INS Vikrant aviatashuvchi kemasi uchun 2028-2030 yillarda 26 dona Rafale Marine qiruvchi samolyotlarini sotib olishni mo‘ljallamoqda.

OAVning eslatishicha, Rafale qiruvchi samolyotlari 7-10 may kunlari o‘tkazilgan “Sindur” operatsiyasi chog‘ida Pokistonga zarba berishda muhim rol o‘ynagan.

Mavzuga oid