Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pak Kin Xe prezidentlik qarorgohini tark etmoqchi emas

Janubiy Koreya prezidentligidan chetlatilgan Pak Kin Xe juma kuni Seuldagi “Moviy uy” davlat qarorgohini tark etish niyatida emas. Bu respublika konstitutsiyaviy sudi qaroriga qaramay yuz berishi mumkin, deb xabar beradi Reuters agentligi.
"Pak Kin Xe “Moviy uy”ni bugun tark etmaydi", - deya sobiq prezident vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik. "Uning ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq rejalar hozircha yo‘q. U xavfsizlik nuqtai nazaridan poytaxtning Samson-don tumanidagi o‘z uyiga qaytib keta olmaydi", - deya qo‘shimcha qilgan u.
Associated Press agentligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni damda sobiq davlat rahbarining yordamchilari Pak Kin Xening o‘z uyiga qaytishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuningdek xabar qilinishicha, Pak Kin Xe hech qanday bayonot bilan chiqish niyatida emas.
Janubiy Koreya konstitutsiyaviy sudi Pak Kin Xening impichmentini tasdiqladi. Shu tariqa, 10 mart uning davlat rahbari lavozimidagi so‘nggi kuniga aylandi. Qarorga ko‘ra, Pak Kin Xe prezidentlik daxlsizligidan mahrum etildi va “Moviy uy”ni bo‘shatib qo‘yishi kerak.
Qonunga ko‘ra, yangi davlat rahbari uchun navbatdan tashqari saylovlar 60 kun ichida o‘tkazilishi kerak.
Mavzuga oid

13:16 / 01.08.2025
Tramp Janubiy Koreya bilan savdo kelishuvi haqida e’lon qildi

19:36 / 31.07.2025
Vatanning go‘yo bir parchasi: Koreyadagi o‘zbek mahallasidan reportaj

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

19:12 / 14.07.2025