Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik ayol bir yil ichida 4 marta Oq uyga “bostirib kirmoqchi bo‘ldi”
AQShning Tennesi shtatida yashovchi 35 yoshli Jyessika Ford o‘z avtomobilida Oq uy hududiga kirmoqchi bo‘lib, uning oldidagi panjara borib urilgan. Politsiya xodimlari bir yil ichida to‘rtinchi marotaba yopiq hududga kirmoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga olishgan.
Guvohlarning aytishicha, ayol panjaraga ataylab urilgan va to‘qnashuvdan keyin ham gaz tepkisidan oyog‘ini olmagan. AQSh maxfiy xizmatida voqea oqibatida hech kim jabrlanmagani, ayol esa to‘pponcha saqlagani, ataylab avariya sodir etgani va boshqa qoidabuzarliklar uchun hibsga olinganini ma'lum qilgan.
A 35 yr old female from Tennessee has been taken into custody for intentionally driving her vehicle into a @WhiteHouse security barricade
— U.S. Secret Service (@SecretService) February 24, 2018
AQSh prezidenti Donald Tramp voqeadan keyin maxfiy xizmat xodimlariga “yaxshi ish” uchun minnatdorlik bildirgan.
Thank you to the great men and women of the United States @SecretService for a job well done!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) February 23, 2018
Maxfiy xizmat vakillari ayol bilan avval ham to‘qnash kelganlari va uning shu kabi hodisalar uchun ushlashganini ma'lum qilishgan. Ayol jumladan:
2017 yil aprelda Oq uy panjarasidan oshib o‘tmoqchi bo‘lganda ushlangan, aybini tan olgach, binoga yaqinlashi taqiqlangan;
2017 mayda yana Oq uy panjarasidan oshib o‘tmoqchi bo‘lgan, aybini tan olgach, taqiqlovga amal qilmagani uchun 30 kunga qamoqqa olingan;
2017 yil iyulda u uchinchi bor Oq uyga kirmoqchi bo‘lgan va aybini tan olgach, 90 kunga hibsga olingan va psixologik tekshiruvga jo‘natilgan.
Mavzuga oid

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

23:12 / 01.08.2025